Nukus shahrida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2-bosqichi — “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Olimpiadasi”ga tantanali tarzda start berildi
97

Musobaqaning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi M.Atamuratov, Sport vaziri Ye.Qutibayev va O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ijrochi direktori Sh.Aytbayevlar ishtirok etdi.
Bellashuvlar sportning dzyudo turidan boshlanib tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar o‘z-aro kuch sinashadi.
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Olimpiadasi”ning keyingi bosqichlarida sportning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ham musobaqalar davom ettirilishi belgilanib, g‘olib va sovrindorlar esa musobaqaning navbatdagi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.


