Mintaqalararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Qoraqalpog‘iston delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifining ikkinchi kuni muhim muloqotlar bilan o‘tdi.
Jumladan, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda ikki davlat o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy hamkorlik mustahkamlanib borayotganligini alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga alohida e’tibori bilan investorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida keng turda ma’lumot berdi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish hamda Kaustik soda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda boshqa sohalarda amaliy investitsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish borasida 8 ta yo‘nalishda takliflar bildirildi.
Shinjon-Uyg‘ur xalq partiyasi kotibi Chen Syaotszyan zamonaviy qishloq xo‘jaligi, mutaxassislarni qayta tayyorlash, yashil iqtisodiyot, ekologiya, savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda turizmni rivojlantirish borasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarida hamkorlikka tayyorligini bildirib, 4 ta yo‘nalishda qo‘shimcha ishlash bo‘yicha kelishib olindi.
Shinjon qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Alif Ersi bilan uchrashuv o‘tkazildi va unda chorva ozuqa bazasi uchun ekiladigan o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Xitoy tajribasini tadbiq etish hamda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi va ushbu yo‘nalish bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olindi.
.jpg)
.jpg)

.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
