Xitoyga tashrif doirasida muhim kelishuvlarga erishilmoqda

Xitoy davlatida bo‘lib turgan Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi tashrifning navbatdagi kunida Shinjon xususiy tadbirkorlar federatsiyasi raisi Ling Uing bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay Orınbaev Qoraqalpog‘istonning mavjud salohiyati haqida keng turda ma’lumot berdi va Shinjonlik tadbirkorlarni Qoraqalpog‘istonga taklif qildi.
Bundan keyin, qator kompaniyalar rahbarlari bilan sun’iy hovuzlarda baliq yetishtirish va akvakultura sohasi, paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash, qizilmiya ildizini qayta ishlash va an’anaviy xitoy tabobati mahsulotlarini ishlab chiqarish, Xitoy banki kreditlari hisobidan tayyor ishlab chiqarish zavodini qurish, mayning va kriptovalyuta faoliyati, tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash hamda davolash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
Unda hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsion muhitni yaxshilash borasida yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha mayning va kriptovalyuta faoliyati bilan shug‘ullanish, gaz kondensatini qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish, metall konstruksiya va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo, eksport-import hamda logistika sohalarida jami 227 mln AQSH dollariga teng loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, og‘ir va maxsus texnikalar ishlab chiqaruvchi “China railway construction heavy industry Co., Ltd.” korxonasi Qoraqalpog‘istonda o‘zining rasmiy servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi filialini ochishga qaror qilganligi bildirdi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)

