APIO: Terma jamoa a’zolari 4 ta medalni qo‘lga kiritdi!

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO 2025) ning yakuniy natijalari e’lon qilindi.
40 dan ziyod davlatdan 900 ga yaqin o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan olimpiadada O‘zbekistonlik 4 nafar yosh dasturchi yuqori natijalarni qayd etdi:
🥈Rayxona Sanakulova — Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi — kumush medal;
🥉 Jahonali Xaydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi — bronza medal;
🥉 Timur Qadirbergenov — Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi — bronza medal;
🥉 Ulug‘bek Raxmatullayev — Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi — bronza medal;
Musobaqa joriy yilda onlayn tarzda o‘tkazildi. Ishtirokchilar 5 soat davomida C++ tilida murakkab algoritmik masalalarni yechish orqali bellashdilar.
Xalqaro darajada o‘tkazilayotgan ushbu olimpiadada informatika fanidan Terma jamoamiz a’zosi Rayxona Sanakulova ilk kumush medalini qo‘lga kiritdi.