Xitoy kompaniyalari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbayev rahbarligidagi delegatsiyamiz Xitoyga tashrif doirasida ushbu davlat chorvachilik assotsiatsiyasi raisi Sha X-u Sheng bilan birga Xitoy xalqaro chorvachilik ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan yirik chorvachilik va parrandachilik korxonalari hamda ularning mahsulotlari bilan yaqindan tanishdi.
Ko‘rgazma doirasida parrandachilik va qoramolchilikka ixtisoslashgan, shuningdek, chorva uchun maxsus konstruksiyalar ishlab chiqarish kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, “Huayu Agricultural Science and Technology Co., Ltd” rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat boshlash imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida joriy yil iyun oyida Nukus shahriga tashrif buyurishini bildirdi. Shuningdek, “Chian Ningbo Guangyuan Investment Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Vu Bingxin bilan Xo‘jayli tumanida tashkil etilayotgan “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi” doirasida loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 400 mln AQSH dollariga teng shartnomalar imzolandi.
Shuningdek, “Shanghai Linkwise Data Intelligence Co., Ltd.” kompaniyasi rahbari Tomas Vang bilan qiymati 3,5 mlrd AQSH dollariga teng intellektual hisoblash markazini qurish loyihasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazilib, unda loyihaning birinchi qismini joriy yil 1-avgustga qadar yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan keyin delegatsiyamiz “Bir kamar, bir yo‘l” Xitoy – O‘zbekiston chorvachilik hamkorligi va almashinuvi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etildi. Konferensiyada chorvachilik, naslchilik, ozuqa bazasi, go‘sht importi masalalari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.
Forum doirasida shahar qurilishi va savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilishi zarur loyihalar tanlanib, jami qiymati 413 mln AQSH dollariga teng shartnomalar imzolandi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
