Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari Chimboy tumani yoshlari bilan uchrashdi

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida haftaning har payshanba kuni "Yoshlar kuni" sifatida belgilangan edi.
Ushbu tashabbus yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini tinglash, shuningdek, jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
Shu yo‘nalishdagi amaliy ishlar qatorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov Chimboy tumanida bo‘lib, yer maydonini daromad manbaiga aylantirayotgan va o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
Unda yoshlarning hunarmandchilik, tadbirkorlik, dehqonchilik, ishlab chiqarish va chorvachilik yo‘nalishlaridagi ishlari ko‘zdan kechirilib, kelgusi rejalari va muammolari tinglandi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan ko‘tarilgan har qanday taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yoshlar bandligini ta’minlash borasida amaliy chora-tadbirlar bundan keyin ham davom ettirilishi ta’kidlandi.
.jpg)

.jpg)

.jpg)
