Green & Digital Solutions for Central Asia xakatonida "Enki Vision" jamoasi g‘olib bo‘ldi

Green & Digital Solutions for Central Asia xakatonining O‘zbekiston bosqichi yakunlariga ko‘ra, "Enki Vision" jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ishtirokchilar barqaror rivojlanish uchun yashil va raqamli yechimlar yaratish yo‘lidagi innovatsion loyihasi bilan faol ishtirok etib, hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
Ushbu xakaton Markaziy Osiyo mamlakatlarida "yashil" texnologiyalar va raqamli yechimlarni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolarga innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etib kelinmoqda.
Tanlov davomida ishtirokchilar turli sohalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan startap va texnologik yechimlarini taqdim etdi. "Enki Vision" jamoasi tomonidan taqdim etilgan loyiha o‘zining innovatsion yondashuvi va amaliy ahamiyati bilan ajralib turdi.
Hakamlar tomonidan loyihaning nafaqat texnologik jihatlari, balki uning ekologik barqarorlikka qo‘shadigan hissasi ham alohida ta’kidlandi.
Qo‘lga kiritilgan ushbu g‘alaba jamoaga xalqaro final bosqichida ishtirok etish imkonini berdi.
Endi "Enki Vision" jamoasi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan final bosqichida O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etadi va mamlakat sharafini himoya qiladi.