I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi «Eng yaxshi xalqaro ko‘rgazma» nominatsiyasiga munososib deb topildi
29

18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Xorazm viloyati, Xiva shahrida “Zamonaviy muzeylar va raqamli fondlar: innovatsion boshqaruv strategiyalari” mavzusida respublika seminar-treningi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda respublikaning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan davlat muzeylari va muzey-qo‘riqxonalarning 80 nafardan ortiq rahbar va mutaxassislari, ilmiy xodimlar, fond saqlovchilari hamda soha ekspertlari qatnashmoqda.
Mazkur seminar doirasida I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi «Eng yaxshi xalqaro ko‘rgazma» nominatsiyasiga munososib deb topildi va pul mukofoti bilan taqdirlandi.