Karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston kubogining ochilish marosimi o‘tkazildi
115

Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabida sportning Karate WKF turidan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi va yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishiga tilakdoshlik bildirdi.
Tadbirda Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari B.Оtemuratov, Sport vaziri Ye.Qutıbayev, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ijrochi direktori Sh.Aytbayevlar ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 200 ga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun kurashadi


.jpg)

.jpg)



