Kurash bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tdi

Nukus shahridagi Markaziy Amfiteatrda sportning Kurash turidan (kattalar) erkaklar va ayollar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov, Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mita raisi M.Atamuratov, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Maxmudovlar ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun musobaqada O‘zbekiston, Singapur, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston, Hindiston, Qirg‘iziston, Xitoy Taybeyi va Tojikiston davlatlaridan 100 ga yaqin sportchilar 9 vazn toifasida g‘oliblik uchun kurashdi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, yoshlarni sportga keng jalb etishga, Olimpiya sport turlari bilan bir qatorda milliy sport turlarini ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Albatta, bunday musobaqalarning o‘tkazilishi mamlakatimizda kurash sport turini yanada ommalashtirish va uni xalqaro miqyosda yanada keng targ‘ib etishda muhim o‘rin tutadi.
O‘tkazilgan tadbir davomida o‘z vazn toifasi bo‘yicha g‘oliblar qatoridan joy olgan bir qator yoshlarga medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)


