Hamyurtimiz Osiyo o‘yinlari g‘oliblari safidan joy oldi
78

Ayni paytda Yaponiyada “Aichi-Nagoya 2026” XX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda mamlakatimiz sportchilari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqda.
Xususan, Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yernazar Sәrsenbayev -100 kg vazn toifasida uchinchi o‘rin uchun xitoylik sportchi bilan bellashdi. Yakunda hamyurtimiz ishonchli g‘alabaga erishib, bronza medali sohibiga aylandi.