«Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori bilan:

Turizmni rivojlantiriş borasida:
Quşlarni kuzatiş turizmini (Birdwatçing Tourism) yölga qöyiş maqsadida:
- quşlar va ularning yaşaş hududlarini saqlaş böyiça “BirdLife International” xalqaro assotsiatsiyasining röyxatiga kiritilgan Sudoçe köllar tizimi uçastkasining bufer zonasida quşlarni kuzatiş destinatsiyasi (turistlarni jalb etuvçi geografik hudud) taşkil qilinadi;
- ekoturistik marşrutlar global tahdid ostida bölgan turlarga zarar yetkazmasdan, taşrif buyuriş mumkin bölgan yönalişlarda aniq belgilanadi;
-Ramsar konvensiyasi talablaridan kelib çiqib, Sudoçe köllar tizimi suv ta’minotini va quşlarni kuzatiş destinatsiyasini infratuzilma obyektlari bilan ta’minlaş uçun 2027-yilda Özbekiston Respublikasi respublika byudjetidan hisob-kitoblarga köra mablağ ajratiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining turizm infratuzilmasini yanada yaxşilaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi muassisligida mas’uliyati çeklangan jamiyat şaklida Turizm infratuzilmasini rivojlantiriş hamda sayohat uçun kontentlar tayyorlaş direksiyasi taşkil etiladi.
❗️Qöyidagiça tartib örnatiladi, unga muvofiq Qoraqalpoğiston Respublikasida:
Turizm direksiyasi:
- turizm infratuzilmasi obyektlari loyihalarini amalga oşirişda buyurtmaçi hamda turizm obyektlarini balansda saqlovçi bölib hisoblanadi;
- hududning noodatiy tabiatini dunyoga namoyiş qiliş orqali turistlarni jalb qiluvçi kontentlar tayyorlaş hamda turistlarga media hamkor sifatida xizmat qiluvçi 10 dona dron xarid qiladi;
- qonunçilikda dronlar uçişiga ruxsat berilmagan joylarda dronlardan foydalanmaslik talablariga qat’iy rioya qiladi;
- turistlarga pulli xizmatlarni körsatadi;
- pulli xizmatlardan tuşgan mablağlar Turizm direksiyasini saqlaş va unga yuklangan vazifalarni bajariş bilan boğliq xarajatlar çegirilgan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi respublika byudjetiga ötkaziladi.