«Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori bilan:

Qoraqalpoq elining buyuk farzandi, şoir va mutafakkir Berdaq Ǵarǵabay öğli tavalludining 200-yilligini keng nişonlaş böyiça bir oy muddatda alohida dastur işlab çiqiladi.
Beruniy tumanida baliqçilik loyihalarini amalga oşiriş uçun tanlangan yer uçastkalarining toifasi Hukumat komissiyasi tomonidan sun’iy köl yaratiş uçun özgartirib beriladi.
Kegeylidagi issiqxonaga gaz tortiş, transformator va quyoş paneli örnatiş hamda uning hududida taşkil etilgan 50 sotix tokzor, 500 boş ördak boqiş va muzlatkiç xarajatlari Kambağallikni qisqartiriş davlat maqsadli jamğarmasidan qoplanadi.
Organik pomidor yetiştiriş loyihasiga Dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari jamğarmasidan qöşimça 1,2 mlrd söm lizing ajratiladi.
10 ming gektarda qovun yetiştiriş uçun "Uzbek-Melons" kompaniyasi taşkil etiladi va 10 mlrd söm ajratiladi hamda unga böş turgan texnikum yoki kollej binosi "nol" qiymatda beriladi.