Qoraqalpoğiston sportçilari – yuksak natijalar sari: yoşlarimizdan 66 ta medal!

Toşkent şahrida ötkazilgan II Prezident olimpiadasi sport musobaqalari öz nihoyasiga yetdi. 12 kun davomida mamlakatimizning barça hududlaridan 3 657 nafar yoş atlet 26 ta sport turi böyiça ğoliblik uçun bahs olib bordi.
«Olimpiya şaharçasi»da musobaqalar yakuniga bağişlangan tantanali yopiliş marosimi bölib ötdi. Unda musobaqa davomida yuqori natijalarga erişgan sportçilar hamda munosib iştirok etgan hududlar taqdirlandi.
Quvonarlisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi ham sport turlari geografiyasini kengaytirişga qöşayotgan hissasi uçun alohida e’tirof etildi. Bu e’tirof zamirida hududda sportni ommalaştiriş, uning turli yönalişlarini nafaqat şahar va tuman markazlarida, balki eng çekka qişloq va ovullargaça yetkaziş borasida amalga oşirilayotgan işlar mujassam. Natijada yoşlar uçun sport bilan şuğullaniş imkoniyatlari kengayib, yangi iqtidorlar kaşf etilmoqda.
Şuningdek, olimpiadada Qoraqalpoğiston Respublikasi sportçilari 16 ta oltin, 24 ta kumuş va 26 ta bronza medalini qölga kiritib, umumjamoa hisobida 6-örinni egalladi.
Ötgan yili 14-örinni egallagan Qoraqalpoğiston jamoasi bu yil 6-öringa kötarilib, natijasini sezilarli darajada yaxşiladi.
Bu – hurmatli Prezidentimizning alohida e’tibori bilan yoş sportçilarimizning intilişi, murabbiylarimizning fidokorona mehnati va hududimizda sportni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar samarasidir.