«Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori bilan:

2027-2028-yillarda I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoğiston davlat san’at muzeyining 1-bloki 40 mlrd. söm hisobidan rekonstruksiya qilinadi.
Bunda:
- boş loyiha va boş pudratçi eng yaxşi taklif asosida aniqlanadi;
- quriliş işlariga 30 foiz avans, quriliş materiali va uskuna xaridiga 100 foiz oldindan tölanadi;
- buyurtmaçi, loyihaçi, xizmat körsatuvçi, yetkazib beruvçi, mahsulot sotuvçilar va xorijiy konsultant töğridan töğri şartnoma asosida jalb etiladi;
- 2028-yilgaça bosqiçma-bosqiç tayyorlanadigan loyiha asosida quriliş işlari amalga oşiriladi.
Nukus şahridagi "Ğarezsizlik" MFY hududida zamonaviy va noodatiy me’moriy yeçimlar asosida Hunarmandlar markazi va alleya quriladi.
Möynoqdagi Orol dengizi tarixi muzeyini modernizatsiya qiliş uçun loyiha-smeta işlab çiqişga xorijiy kompaniya taklif sörovi asosida aniqlanadi.