«Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori bilan:

Qoraqalpoğiston Respublikasida:
- investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun tijorat banklari tomonidan 2027–2030-yillarda Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining 100 million AQŞ dollari ekvivalentidagi milliy valyutadagi mablağlari 2-yillik imtiyozli davr bilan 7-yil muddatga yillik 10 foiz stavkada jalb qilinadi;
- uşbu mablağlar hisobidan tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining sanoat va xizmat körsatiş loyihalariga 2-yillik imtiyozli davr bilan 7-yilgaça yillik 14 foiz stavkada (şundan 4 foiz bank marjasi) kredit mablağlari ajratiladi;
- kredit mablağlari loyiha hujjatlari işlab çiqilib, ekspertizadan ötkazilgandan söng ajratib boriladi.
❗️Qöyidagiça tartib örnatiladi, unga muvofiq Qoraqalpoğiston Respublikasida:
- 2026-yil 15-noyabrdan boşlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar 12 foiz stavkada ajratiladi hamda 2027-yildan kredit resurslari hajmi ikki bobarga oşiriladi;
- Yangi iş örinlari taşkil etişni rağbatlantiriş hududiy jamğarmasi mablağlari hisobidan 5-yil muddatga, yillik 8 foiz stavkada kredit liniyasi oçilib, tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga 5-yil muddatga yillik 12 foiz stavkada (şundan 4 foiz bank marjasi) 1 milliard sömgaça (har bir loyihaga) miqdorda;
- yangidan nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti taşkil qiladigan tadbirkorlik subyektlariga 15-yil muddatga 5-yillik imtiyozli davr bilan 7 foiz stavkada kredit ajratiladi.