Tibbiyot xodimlari kuni bayrami keng nişonlandi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida "Tibbiyot xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tantanasi bölib ötdi.
Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev sözga çiqib, soha fidoyilarini bugungi bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, sönggi yillarda Prezidentimiz tomonidan sohaga oid qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Zamonaviy tibbiyot muassasalari barpo etildi, sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, eng çekka hududlardagi tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, bu borada soha xodimlari uçun Qoraqalpoğistonda köplab imkoniyatlar yaratilib, xalqimiz salomatligini mustahkamlaş, tibbiy xizmat körsatiş sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqilmoqda.
Ötkazilgan bayram tantanasida sohada fidoyilik bilan samarali mehnat qilayotgan tibbiyot sohasi xodimlari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumi qarori bilan taqdirlandi.
Bayram tantanasi san’at va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.




.jpg)

.jpg)

.jpg)