Hurmatli onalar, qadrli xotin-qizlar!
Hurmatli onalar, qadrli xotin-qizlar!
Sizlarni, sizlar orqali barcha xotin-qizlarni bahor faslining birinchi bayrami, o‘zida go‘zal tuyg‘ularni, ezgu niyat va oliyjanob maqsadlarni mujassam etgan ajoyib ayyom - 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Sizlar biz uchun avvalo qadrli ona, aziz Vatan, oila timsoli, cheksiz mehr va ezgulik manbaidirsiz.
Barchangizga ma’lum, xalqimiz azaldan go‘zallik timsoli bo‘lgan mo‘tabar onalar va dilbar qizlarga alohida hurmat ko‘rsatib, ularni doimo e’zozlab kelgan.
Bu yuksak qadriyat bugungi kunda ham ulug‘lanib, hurmatli Prezidentimizning boshchiligida yurtimizda xotin-qizlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy hayotda faolligini oshirish - davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib ulgurgan.
Hurmatli xotin-qizlar!
Sizlarni bugungi bahor bayrami, yasharish va yangilanish ayyomi bilan yana bir bor samimiy tabriklayman!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga omonlik, fayzu baraka, ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman.
Ona-Vatanimiz, xalqimiz, el-yurtimiz, barchamizning baxtimizga doimo omon bo‘linglar.
Amanbay Orinbaev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi
