Nukus shahridagi «Isbilermenler aymaǵı» mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi
Yurtimizda hurmatli Prezidentimizning topshirig‘i bilan xalqimizni qiynab kelgan masalalarga yechim topish, ularning maishiy, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Shunday ezgu ishlarning davomi sifatida bugun Nukus shahridagi «Isbilermenler aymaǵı» mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, og‘ir sharoitdagi bu mahallada qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining olib borilishida barcha rahbarlar hamjihatlikda hissa qo‘shishi kerakligini ta’kidladi.


Shuni ham alohida aytish kerakki, rejadagi ishlar doirasida ichki yo‘llar ta’mirlanadi, ichimlik suv, elektr, gaz tarmoqlari bilan bog‘liq masalalarga yechim topiladi, yordamga muhtoj fuqarolarning turar-joylarini ta’mirlash choralari ko‘riladi. Hududda yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, aholining qo‘shimcha daromad olishiga ko‘maklashish ishlari olib boriladi. Bu orqali hudud aholisini qiynab kelgan muammolarga yechim topiladi.
Bugungi boshlanayotgan ish boshida muassasa-tashkilot rahbarlariga vazifalar taqsimlanib, kelgusi rejalar belgilab olindi.


