Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik

Aziz yurtdoshlar!
Insonparvarlik, sabr-toqat va qanoat, shukronalik timsoli bo‘lgan muborak Ramazon hayitini katta xursandchilik bilan kutib olayotgan siz azizlarni qutlug‘ ayyom bilan chin yurakdan tabriklaymiz.
Barchaning ko‘ngli quvonch va ezgulik nuriga to‘lib turgan ushbu quvonchli damlarda Ramazon hayitiga mehnatkash va bag‘rikeng xalqimiz bilan birga omonlikda yetkazgani uchun yaratgan egamizga cheksiz shukronalar aytamiz.
Bugungi tinch-osoyishta hayotimizning qadriga yetish, jamiyatimizda hukm surayotgan turli millat va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi bag‘rikenglik, bir-biriga bo‘lgan o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlash barchamizning asosiy vazifamizdir.
Qadrli vatandoshlar!
Siz azizlarni Ramazon hayiti bilan yana bir bor tabriklab, oila, do‘st va yaqinlar bilan birga fayzli va mazmunli o‘tkazishingizni tilaymiz.
Ilohim yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin.
Amanbay Orinbaev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi