Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan iftorlik dasturxoni yozildi

Joriy yilning 18-mart kuni Nukus shahridagi "Oqqush" majmuasida atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, taniqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalovning chuqur bilimi, mohir tashkilotchilik qobiliyati bilan yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi haqida ta’kidlab o‘tdi.
Iftorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov, Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov ishtirok etdi.
Darhaqiqat, xalqimizning bugungidek turmush sharoitini ta’minlash borasida ko‘plab insonlar fidokorona xizmat qilib, o‘z hayotini bag‘ishlagan. Shunday insonlardan biri sifatida Qallibek Kamalovning fidokorona xizmatlarini ko‘p millatli xalqimiz chuqur anglaydi va yuksak qadrlaydi.
Hurmatli Prezidentimizning Qallibek Kamolovga bo‘lgan hurmat-ehtiromi yuqori bo‘lganligini barchamiz yaxshi bilamiz.
Prezidentimiz tashabbusi bilan el ardog‘idagi nuroniymizning 100 yilligini keng nishonlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinib, bu bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilmoqda.
Muborak Ramazon oyida o‘tkazilgan iftorlik dasturxoni atrofida Qallibek Kamalovning hayoti va mehnat faoliyati haqida keng tarzda so‘z yuritildi.
Albatta, u insonning xalqimiz farovonligi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari xalqimiz xotirasida uzoq saqlanib qoladi.



.jpg)


