Aziz yurtdoshlar!

Avvalo, barchangizni, ko‘p millatli butun xalqimizni jonajon O‘zbekistonimizga, aziz Qoraqalpog‘istonimizga kirib kelgan Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz.
Hurmatli do‘stlar!
Hammamiz yaxshi bilamiz, Navro‘z tinchlikni, totuvlikni qadrlab, bir-birimizga mehr-oqibatli bo‘lib, e’zozlab yashashga da’vat qiladi.
Go‘zal diyorimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, barcha yurtdoshlarimiz mustahkam og‘izbirchilikda, do‘stlik, totuvlikda Vatanimizning gullab-yashnashi yo‘lida xizmat qilib, birgalikda yashab kelmoqda.
Bugungi kunda bayram tantanasi respublikamiz bo‘ylab keng davom etmoqda.
Aytib o‘tish kerak, qadrdonlikni, hurmat-izzatni toshirib yuboradigan diydorlashuvlar Navro‘zning bag‘rikenglik va ezgulik timsoli ekanining yana bir yorqin misoli bo‘la oladi. Navro‘zning dilbar kuyi yangrab, milliy liboslari bilan atrofga chiroy bergan yoshlar, oq fotihasi bilan doimo ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib turadigan nuroniylar, qadrli yurtdoshlarimiz mustahkam og‘izbirchilik bilan bayramni munosib nishonlamoqda.
Hurmatli vatandoshlar!
Ilohim, ko‘nglimizdagi barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, og‘izbirchiligimiz bardavom bo‘lsin!
Navro‘z bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
Amanbay Orınbaev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi