Qadrli Vatandoshlar, Hurmatli mahalla tizimi xodimlari!

Avvalo, sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
Mahalla - asrlar osha milliy urf-odat va an’analarimizni e’zozlab saqlab, xalqimiz uchun ezgulik va tarbiya beshigi, yaxshi qo‘shnichilik va ahillik maskani bo‘lib kelmoqda.
Biz mahalla deganda, dunyoda kamdan kam uchraydigan, insonni jamiyat bilan birga yashashga o‘rgatib, bag‘rikenglik ruhida tarbiyalaydigan, xalq bilan davlat o‘rtasida ishonchli ko‘prik vazifasini bajaradigan sohani tushunamiz. Bunda mahallalarda hamjihatlik va milliy qadriyatlarimizni keng tarǵib qilishda muhim bo‘lgan ko‘cha boshilari instituti xalq bilan yaqindan ishlashda «mahalla yettiligi»ning chinakam ko‘makchisiga aylangan.
Hozirgi vaqtda yurtimizda yashayotgan har bir inson, millati, tili, dinidan qat’iy nazar, o‘z hayotini, quvonch va tashvishlarini mahalladan alohida tasavvur qila olmaydi.
Hurmatli mahalla tizimi xodimlari!
Sizlarni bugungi bayram bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, mashaqqatli va sharafli ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Amanbay Orınbaev,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi