«Mahalla tizimi xodimlari kuni» keng nishonlandi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida «Mahalla tizimi xodimlari kuni» munosabati bilan tantanali bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni tabrikladi.
Aytish joizki, so‘ngi yillari Hurmatli Prezidentimizning boshchiligida xalqimiz hayotini yaxshilash, kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, joylardagi muammolarga ijobiy yechim topish, mahalla institutini takomillashtirish, uning tizimli faoliyat olib borishi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan qisqa davr ichida sohaga bog‘liq qator Qonun, Farmon va Qarorlarning qabul qilinishi bu boradagi choralar ko‘lamini yangi bosqichlarga ko‘tarishga asos bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida mahallani chin ma’noda odamlarning og‘irini yengil qiluvchi tuzilmaga aylantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Haqiqatdan ham, bugungi kunda mahalla institutining jamiyatimizdagi roli ortib bormoqda. Chin ma’noda xalqimiz bilan tig‘iz ishlaydigan jamiyatning bir bo‘g‘ini sifatida soha xodimlari mashaqqatli, shuning bilan birga sharafli vazifani bajarib kelmoqda.
O‘tkazilgan tantanali tadbir davomida bayram munosabati bilan o‘zlarining yuqori natijalari va sermahsul faoliyati bilan ajralib kelayotgan qator soha vakillari hurmatli Prezidentimizning Farmoni asosida orden va medallar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va O‘zbekistonda mahallalar uyushmasi tomonidan ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Tadbir san’at va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.








