Jo‘qorg‘i Kenges Raisi sportchi yoshlar bilan uchrashdi
.jpg)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev yoshlar kuni doirasida bir qator sportchi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi hurmatli Prezidentimizning sportga bo‘lgan alohida e’tibori haqida ta’kidlab o‘tdi.
Aytish joizki, yurtimizda Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalar qatori sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan qisqa vaqt ichida yangi sport inshootlari barpo etilib, bugungi kunda ham bunday tadbirlar davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, olimpiya o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish, yoshlarimiz orasidan jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘ini tanitadigan sportchilarni yetishtirib chiqarish bo‘yicha ham amaliy ishlar olib borilmoqda. O‘z navbatida bunday sharoitlar sportchilarimizni yangidan-yangi yutuqlarga ruhlantirmoqda.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida sportchi yoshlar, ularning yaqinlari va murabbiylari bilan yaqindan suhbatlashilib, fikr va takliflari tinglandi.
Ko‘tarilgan har bir masala belgilab olinib, tez fursatda ijobiy hal qilib berish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

.jpg)



.jpg)

