Nukus shahrida ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi
.jpg)
Bugun Nukus shahrida 5 yo‘nalish bo‘yicha sportchilar, talabalar, uyushmagan yoshlar va bog‘cha tarbiyalanuvchilarini o‘z ichiga olgan ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.
Marafonning taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalar qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, ommaviy sportni keng targ’ib qilishga, yoshlarni sportga jalb etishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi marafon ham ana shu yo‘nalishdagi tadbirlardan biri bo‘lib, sportchilar, harbiy xizmatchilar, oliy o‘quv yurtlari talabalari, mahallalardagi 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 5 mingdan ortiq ishtirokchilarni o‘zida jamladi.
Albatta, bunday tadbirlar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xalqimiz salomatligini mustahkamlashda muhim hisoblanadi.
O‘tkazilgan marafon yakunida raqiblaridan ustun kelib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
