Amudaryo tumanini har tomonlama rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi
.jpg)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev rahbarligida Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, davlat dasturlari doirasidagi belgilangan vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar hamda avval berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi.
Majlisda dastlab, mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarning taqdimotlari taqdim qilindi.
Bundan so‘ng mahallalarni obod qilish, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni hal etish, davlat dasturlari doirasida loyihalarni amalga oshirish, yangi korxonalar faoliyatini tashkil etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolar turmush darajasini yaxshilash borasidagi vazifalar ijrosi masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, fuqarolarning qo‘shimcha daromad olishiga ko‘maklashish, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalar faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish, bank xizmatlari va bozor infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham topshiriqlarning ijrosi masalalari ham muhokama etildi.
Unda shuningdek, mazkur ishlarni amalga oshirishda ayrim mutasaddilarning o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotgani tanqid qilinib, kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bilan birga, o‘z vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim mas’ullarga intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

.jpg)