Amudaryo tumanida yangi loyihalar faoliyati o‘rganildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Amudaryo tumanida aholining turmush sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab, "Qipchoq" mahallasidagi bozor hududida amalga oshirilishi belgilangan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng, "Gulzor" mahallasidagi "RIZQBARAKA" MCHJ tomonidan savdo markazi tashkil etish, "Boyovul" mahallasidagi xususiy tadbirkor Doniyor Jumamuratov tomonidan mebel ishlab chiqarish, "Chordara"dagi "Amudaryo EKO MARKET" MCHJ tomonidan ekobozor va zamonaviy avtoturargoh tashkil etish, "Inobat Xo‘janiyozova" oilaviy korxonasining duradgorlik loyihalari ko‘zdan kechirildi.
"Faol hayotga qadam" kunduzgi qarab turish xizmati, "Qilichboy" mahallasidagi Sardorbek Imomaddinovning o‘quv markazini tashkil etish, "Qoroman" mahallasidagi Matyakubov O‘mir oilasidagi chorvachilik loyihalari, bundan tashqari, "KUNGRAD DRINKS" MCHJning ulgurji savdo xizmatini tashkil etish, "AMUDARYO YORUG‘" MCHJning chiqindini qayta ishlash - ikkilamchi granula ishlab chiqarish loyihalari ishlari o‘rganildi. Tadbirkorlar bilan yaqindan ishlab, ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
O‘rganishlar davomida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi "DONO AVLOD" nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishida ishtirok etdi va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, "Yangi O‘zbekiston" massivida amalga oshirilgan qurilish ishlari va obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan pullik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish loyihalari ko‘zdan kechirildi.
Aholi farovon hayotini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan bunday loyihalarni yanada ko‘paytirish kerakligi ta’kidlandi.
.jpg)
.jpg)

.jpg)

.jpg)
.jpg)

