Madhiyalar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida»gi Qonun bilan tasdiqlangan.

Mutal Burhonov musiqasi 

Abdulla Oripov so’zi

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,

Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!

Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,

Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Naqarot:

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

 

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI

“Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat madhiyasi to’g’risida”gi Qonun 1993 yil 24 dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining XIV sessiyasida qabul qilingan.

I.Yusupov so‘zi

N.Muxammeddinov musiqasi

Jáyhun jaǵasında ósken bayterek,

Túbi bir, shaqası mıń bolar demek,

Sen sonday sayalı,  quyashlı elseń,

Tınıshlıq hám ıǵbal sendegi tilek.

 

Naqıratı:

Diyqan baba nápesi bar jerinde,

Juwsan ańqıp,  kiyik qashar shólinde,

«Qaraqalpaqstan» degen atıńdı,

Áwladlar ádiwler júrek tórinde.

 

Aydın keleshekke shaqırar zaman,

Mártlik miynet,  bilim jetkizer oǵan,

Xalqıń bar azamat,  dos hám miyriban,

Erkin jaynap-jasnap,  máńgi bol aman.

 

Naqıratı:

Diyqan baba nápesi bar jerinde,

Juwsan ańqıp,  kiyik qashar shólinde,

«Qaraqalpaqstan» degen atıńdı,

Áwladlar ádiwler júrek tórinde.